Men Sanjar Yunusov, 24 yoşdaman. 5 yilga yaqin vaqtdan beri grafik dizayn sohasida faoliyat yuritib kelaman. Dizayn bilan şuğullanişni boşlaganimdan beri turli yönalişlarda işlab, vaqt ötişi bilan özimga yaqin bölgan yönalişlarni şakllantirib bordim.
Asosan logo va vizual aydentika, media dizaynlari, print dizaynlari, bannerlar hamda sayt dizaynlari bilan işlayman. Bundan taşqari, qadoq dizayniga alohida qiziqişim bor. Mahsulotning qadoqdagi körinişi, uning javonda qanday ajralib turişi va xaridorga birinçi qaraşdayoq qanday taassurot berişi men uçun qiziq jarayon.
Har bir yönalişda loyiha vazifasiga mos,
aniq va öziga xos yeçimda bölişiga
eʼtibor beraman.